Har yili, ma'lum vaqt mobaynida, Makkadagi Al-Haram masjidida oq kiyimli (exrom bog'lagan) millionlab insonlarni uchratishimiz mumkin, Haj mavsumida Al-Haram masjidi o'z atrofida namoz o'qiyotgan millionlab musulmonlarni to'playdi. Makkaga Haj ziyoratiga boradigan Haj amallarini bajarish uchun har yili Zulhijja oyida Makka shahriga tashrif buyuradilar. Hoji nima? Nima uchun musulmonlar buni qiladilar? bu savollarga quidagi maqolamizda siz azizlarga javob berishga harakat qilamiz.
Haj - islom dinining besh asosiy ruknidan biri boʻlib, balogʻat yoshiga toʻlgan, mustaqil ziyorat qilishga jismoniy va moliyaviy qurbi yetadigan har bir musulmon uchun farzdir.
Haj soʻzi "qasd qilish" degani. Yaʼni maxsus amallarni, maʼlum joyda, muayyan vaqtda ado etish maʼnosini bildiradi. Shu oʻrinda maxsus joy — Kaaba va Arafot, muayyan vaqt — Haj mavsumi, yaʼni Zulqaʼda va Zulhijja oylarining birinchi oʻn kuni. Maxsus amal esa — Tavof qilish va Arafotda turishdir. 2019 yilda Haj mavsumi 9-avgust juma kuni boshlanadi va 2019 yil 14-avgustgacha davom etadi. Bu dastlabki taxminiy sana xisoblanadi, chunki haqiqiy sana Zulhijjaning oyiga bog'liq.